Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Noy, 2009

Shogirdlar ustozlari haqida…

Sardor Rahimxon & Akmal AkbarovSan’atkor borki, tashqi ko’rinish, odobi, yurish — turishi, kiyinishi va albatta soch turmagi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ushbu soch turmaklarini yaratishda albatta stilist — imijmeykerlarning hissasi katta. Ayni damda poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan «TAMO» go’zallik salonining bosh stilist — imijmeykeri Akmal Akbarov bu borada ko’plab san’atkorlarning imijlari bo’yicha ish olib bormoqda…

Akmal Akbarov ayni damda Sardor Rahimxonning yangi yakkaxon konsert dasturi uchun katta tayyorgarlik ko’rmoqda. Konsert dasturi uchun Sardorga 4 xil soch turmagini ishlab chiqdi. Bugun sizning hukmingizga Akmal Akbarovning shogirdlarining u haqidagi fikr va mulohazalarini taqdim qilamiz.

Tolibjon Qoraboev

Tolibjon Qoraboev: Yoshligimdan sartaroshlikka qiziqardim. 2004 yilda maktabni bitirganimdan so’ng, stilist – imijmeyker Akmal aka Akbarov shogird tushganman. Akmal akaning boshqa stilistlardan farqlari shundaki, ular ishlariga nisbatan talabchanliklari bilan ajralib turadi. Har doim biror – bir yangilik yaratishga harakat qiladilar va bizlardan ham shu narsalarni talab qiladilar. Mustaqil ravishda bemalol mijozlarning sochlarini tekislab qo’yishim mumkin.
– Yosh stilist – imijmeyker sifatida, qaysi san’atkorlarning imijlari o’ziga xosligi bilan ajralib turadi,-deb o’ylaysiz?
– Sardor Rahimxon, Ulug’bek Rahmatullaev, Mirjamol, Umar Shamsiev, Alisher Fayzning soch turmaklari o’ziga xosligi bilan ajralib turadi deb o’ylayman.

Xabibullo Sultonov

Xabibullo Sultonov: Biror-bir kasbning mohir ustasi bo’lish uchun albatta ustozning qo’lidan tahsil olish kerak. Stilist – imijmeyker degan kasb, bizning yurtimiz yosh sohalardan biri hisoblanadi. Taniqli va o’z sohasining ustasi bo’lgan Akmal aka Akbarov bilan Sardor Rahimxonning shogirdi xonanda Elyor Agzamov orqasidan o’tgan yilning shunday kunlaridan birida tanishib, shogird sifatida ish boshlaganman. Akmal akamdan shu sohaning sir asrorlarini mukammal o’rganib, hozirda mustaqil ravishda “TAMO” go’zallik salonimizga tashrif buyurgan mijozlarga xizmat qilib kelmoqdaman. Akmal akam bizlardagi bor kamchiliklarni yo’qotishga harakat qiladilar. Agarda biror – bir xatolikka yo’l qo’ysak, har doim hammadan xoli ravishda aybimizni tushuntiradilar va biz ham o’z navbatida kamchiliklarimizni yo’qotishga harakat qilamiz.

Murod Saidmurodov

Murod Saidmurodov: Akmal akaning eng yosh shogirdlaridan biri men bo’lsam kerak. Ular bilan yarim yildan beri shogirdlari sifatida ishlab kelmoqdaman. Qisqa vaqt ichida men “Style.uz” go’zallik haftaligida qatnashib, faxrli ikkinchi o’rinni egalladim. Albatta men uchun bu katta mukofotdir. Bu mukofot meni yanada yangilikka intilib, o’z kasbimning mohir ustasi bo’lish uchun kuch – quvvat hamdir. Albatta bu yutuqlarimda Akmal akamning o’rnilari beqiyos!

Nodira Jurabaeva

Nodira Jo’rabaeva: Akmal aka birgina menga emas, menga o’xshagan bir nechta shu kasbni mohir ustasi bo’lish uchun intilayotgan yoshlarga ustozlik qilib keladilar. Bilasizmi, biz bir oila sifatida faoliyat olib boramiz. Yaxshi – yomon, quvonchli va qayg’uli kunlarimizda ham bir – birimizga qo’ldan kelgancha yordam berishga intilamiz. Bolaligimdan o’zimni ihtidorimni namoyon qilib, qo’g'irchoqlarimning sochlarini brilliant yashili va yodlar bilan bo’yab, turmaklardim. Bu sohaga yoshlik davrimdan qiziqqanman, — desam adashmayman. Shogird sifatida Akmal akamning birgina kamchiliklarini aytishim mumkin, ular ishonuvchan insonlar.

TAMO guzallik saloni

TAMO guzallik saloni

TAMO guzallik saloni

TAMO guzallik saloni

TAMO guzallik saloni

TAMO guzallik saloni

Sardor Rahimxon & Akmal Akbarov

Akmal Akbarovning hech bir shogirdi ustozining kamchiliklari haqida gapirishmadi. Chunki ustozning aybini topgandan ko’ra, Akmal Akbarov bilgan narsalarni so’rab o’rganishimiz kerak,-deb javob berishdi.

P.S.: Akmal Akbarov ayni kunlarda Tolibjon Qoraboev, Murod Saidmurodov, Furqat Inagamov, Nodira Jo’rabaeva, Eldor Bakirov, Xabibullo Sultonov, Rushana Narzieva, Dildora Urinbaeva va Lenochka Lyapunlarga stilist — imijmeykerlik kasbining sir asrorlarini sidqu dildan o’rgatib kelmoqda. Uning kelgusi ishlarida omad tilaymiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 75 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *