Sherzod Bekdan tez kunda yangi klip!
Yosh va iste'dodli xonanda Sherzod Bek ijrosidagi «Tillo uzuk» hamda «Dildor biladi» nomli yangi ikki tarona hozirgi kunda barcha FM to'lqinlari orqali jarang sochmoqda…
Shu kunlarda Sherzod Bek «Tillo uzuk» nomli qo'shig'i uchun klip suratga olish ishlari bilan band. Hozirda Sherzod Bek klipda turli raqs elementlarini mohirona tarzda ijro qilishi uchun tayyorgarlik ko'rmoqda. Klip rejissoriga to'xtaladigan bo'lsak, hammaga o'zining ijodi bilan yaxshi tanish bo'lgan rejissorlardan biri Rustam Murodov. Tez orada boshqa tafsilotlar haqida to'xtalib o'tamiz.