Sherzod Bek hayriya konsertida!
Iste'dodli va yosh xonandalardan biri Sherzod Bek 31-mehribonlik uyida bo'lib o'tgan hayriya konsertida munosib ishtirok etdi…
Hayriya konsert dasturi «Mehr qolur, muhabbat qolur» deb nomlanib, «O'zbekiston ovozi» va «Xalq demokratik partiyasi» bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Ushbu hayriya konsertida Sherzod Bek bilan birgalikda Kaniza, Diyor Mahkamov, Mansur MS, Aziza Halilovalar ishtirok etishdi. Hayriya konsertini Davron Kabulov va aktrisa Shahzoda Matchonova olib borishdi. Tashrif buyurgan mehmonlar bolajonlarga o'zlarining esdalik sovg'alarini topshirishdi.