Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Avg, 2009

Sherzod Abdullaev yana ijodga qaytdi! (+ yangi fotosuratlar)

Sherzod AbdullaevBundan qariib 2 yil avval o’zining hit qo’shiqlari bilan xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz orasida mashhur bo’lgan xonanda Sherzod Abdullaev uzoq tanaffusdan so’ng yana ijodga qaytdi. Tanaffus paytida u ijodiy izlanishda bo’ldi. Endilikda Sherzod Abdullaev yangi qo’shiqlar ustida ishlamoqda. U tomonidan bo’lgan tanaffusni quyidagicha izohladi…

Esingizda bo’lsa Sherzod Abdullaev «Ketma», «Zulayho», «Qizaloq», «Sevganimmi-gunohim» va boshqa ko’plab qo’shiqlarini taqdim qilgan edi. Uning har bir ishlagan kliplari bir-biridan tubdan farq qilgan. San’atdan biroz chekinishini esa u quyidagicha izohladi: «Bilasizmi, hayot bir maromda hech qachon bormaydi. TV va FM to’lqinlari orqali muxlislarimga o’zimning qo’shiqlarimni taqdim qilmagan bo’lsamda, shu muddat ichida ijoddan bir daqiqa ham to’xtaganim yo’q. O’zimning yangi ijod namunalarim bilan yana o’z muxlislarimning qalbidan chuqur joy egallashimga ishonaman». Hozirda Sherzod Abdullaev yangi milliy yo’nalishdagi «Alamey» nomli taronasini FM to’lqinlari orqali taqdim qilmoqda. Tohir Muhammad she’ri asosida yaratilgan ushbu qo’shiqqa klip suratga olishni ham rejalashtirgan. Undan tashqari yana bir sho’x tarona ustida ishlamoqda. Tarona uchun maxsus she’rni Bobur Umarov yozmoqda. Bu haqida keyinroq batafsil bilib olishingiz mumkin.

Sherzod Abdullaevning yangi «Alamey» taronasini portalimizning «Audio Time» bloki orqali tinglab baho berishingiz mumkin.

Sherzod Abdullaev

Sherzod Abdullaev

Sherzod Abdullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *