Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 May, 2006

Sherkhan — yangi nom!

SherkhanEstrada olamida kundan-kunga yangi nomlar paydo bo’lmoqda. Ulardan ba’zilari o’z yo’lini topa olayotgan bo’lsa, yana ba’zi birlari tez yonib tez o’chmoqda. Qiziq, Sherkhan nomi bilan qayta ijodni boshlagan (ma’lumot: u avval ham «Zamon» guruhi sifatida ijod qilgan) xonanda qay turga kirar ekan? Tez yonib, tez o’chadimi yoki Shou-biznes olamida o’z o’rnini topa oladimi? Buni albatta vaqt ko’rsatadi. Ammo, uning intilishiga qarab aytish mumkinki, u kuni kelib o’z maqsadiga yetadi. Ya’ni, estradamizning yorqin yulduzlaridan biriga aylanadi. Hozirda Sherkhan o’zining ilk albomi ustida qizg’in ish olib bormoqda. Yaqin kunlarda «Tarona records» studiyasi tomonidan muxlislar hukmiga havola etiladigan albom «Orzu yelkanida» deb nomlanishi rejalashtirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *