Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Avg, 2009

Sharof va uning do’stlari!

Sharof Muqimov«Sharof va uning do’stlari» safarga otlandi. Sharof Muqimovning viloyatlarimiz bo’ylab bo’lib o’tadigan katta gala-konsert dasturlari aynan shunday nomlandi. Konsert dasturining birinchi manzili ham aniq.

Sharof Muqimovning ilk konsert dasturi turnesi sentyabr oyining boshlaridan Surxondaryo viloyatida boshlanadi. Sharof shou konserti mehmonlari Yodgor Mirzajonov, Jo’rabek, aktrisa Jamila G’ofurova va boshqa bir nechta yulduzlar ishtirok etadi. Hali viloyatlar bo’ylab bunday katta konsertlar uyushtirilmagan edi. Hozirda Surxondaryo viloyatida afishalar bilan birga konsert dasturining katta bannerlarini hamda TV va radio to’lqinlari orqali reklamalarini ham ko’rish mumkin. Sharof Muqimov eng xit taronalari bilan bir qatorda bir nechta yangi qo’shiqlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda. Konsert dasturi shunchaki qo’shiq kuylash bilan o’tmaydi. Unda juda ko’p inter faol o’yinlar hamda aktyorlik mahorati qo’llangan sahnalar ham o’rin oladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *