Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Avg, 2010

Sharof va Sevinchning nikoh oqshomidan!

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidanEstradamizning ikki yulduzi bugun bir oila bo'lishdi. «Ko'hinur» restoranida bo'lib o'tgan nikoh oqshomiga tashrif buyurgan mehmonlarni sanab sanog'iga yetish mushkul edi. Ammo, kecha ajoyib tarzda, bayramona kayfiyatda o'tdi.

Kechaga tashrif buyurganlar orasida deyarli faqat yulduzlarni uchratish mumkin edi. Tohir Sodiqov, Otabek Madrahimov, G'iyos Boytoev, Ziyoda, Yodgor Mirzajonov, Firdavs, Samandar, Doston Ubaydullaev, Ulug'bek Rahmatullaev, Dilfuza Ismoilova, Guli Asalxo'jaeva, Sitora Farmonova, Gulchehra Eshonqulova, Adiz Rajabov, Farruh Soipov, Xojiakbar, Sherbek, xullas bu ro'yhatni yakunlash ancha mushkul vazifa. Nikoh oqshomini kutilmagan boshlovchilar: Otabek Mutalxo'jaev hamda Gulchehra Eshonqulova olib bordilar. Tashrif buyurgan mehmonlar haddan ziyod ko'payib ketganini hisobga olmaganda, nikoh oqshomi juda ham qiziqarli va fayzli o'tdi, deb aytishimiz mumkin. Aslida to'yning birinchi qismi (shunday deyish o'rinli bo'lsa) Farg'onada, 2 avgust kuni bo'lib o'tgan. U yerda kuyov navkar bo'lib o'tdi. Sharof Muqimov o'z qadrdon do'stlari bilan mehmon safarida bo'lishgan. Bugun esa aksincha Farg'onadan kelinning dugonalari Toshkentga tashrif buyurishdi.
Kechaning boshqa nikoh oqshomlaridan farqli jihati sifatida Sharof Muqimov hamda kelin bo'lmish Sevinch kabriolet avtomobilida «Ko'hinur» restoraniga tashrif buyurishdi. Oq kabutarlar uchirildi va kelin-kuyovni soatlab kutib turgan mehmonlar, ular bilan birgalikda restoranga kirib kelishdi. Xullas shu alfozda nikoh oqshomi davom etdi. Quyida siz azizlar uchun eksklyuziv fotolavhalarni havola etmoqdamiz. Marhamat, tomosha qiling!

Shu o'rinda SB.uz portali ijodiy guruhi nomidan va estradamizning ikki vakili muxlislari nomidan biz Sharof Muqimovni hamda Sevinch Muqimova (Mo'minova)ni chin dildan muborakbod etamiz. Ularga baxt saodat va uzoq umr tilab qolamiz. Kelasi yili shirindan shakar farzandlarning ota-onasi bo'lib yurishlariga tilakdoshmiz.

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan

Sharof va Sevinch nikoh oqshomidan


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 2 268 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *