Sharof Muqimov yana shifoxonada!!!
SB.uz portalining yaqin qadrdon do’stlaridan biri Sharof Muqimov ijodiy ishlar bilan yuguraverib, o’z sog’ligiga ham e’tibor bermay qo’ydi shekilli. Kecha Sharof Muqimov yana shifoxonaga davolanish uchun yotdi. Yodingizda bo’lsa, o’tgan yili ham ramazon oyida Sharof Muqimov shifoxonaga tushib qolganligi haqida xabar bergan edik.
Hozirgina Sharof bilan telefon orqali muloqotga kirishdik. Ahvoli hozirda ancha yaxshi ekan. Oyog’idagi og’riq tufayli shifoxonada davolanmoqda. Tez kunlarda butunlay sog’ayib, Sharof Muqimov yana ijodga qaytishini kutib qolamiz. Darvoqe, ayni kunlarda Sharof Muqimov ijrosidagi «Tungi mehmon» saundtrek taronasiga ishlangan klip «Navo» telekanalida namoyish etilmoqda.