Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Sharof Muqimov shifoxonada!!!
23 Iyul, 2013

Sharof Muqimov shifoxonada!!!

Sharof Muqimov shifoxonadaO’zbek estradasining ajoyib xonandalaridan biri Sharof Muqimov ayni damda shifoxonada. So’nggi paytlar ijodiy yangiliklari haqida muxlislardan tushayotgan bir qator maktublarga javobni esa mana shu yangilik orqali olishingiz mumkin. Sharofga nima bo’ldi? Nima sababdan Sharof shifoxonaga tushib qoldi?

Bu savollarga javob topish uchun biz Sharof Muqimovni ko’rgani u yotgan shifoxonaga bordik. Ya’ni, Toshkent shahrida joylashgan barchaga «Yangi ToshMi» nomi bilan tanish bo’lgan shifoxonaga. Sharofning muxlislari ko’p ham havotirga tushishlari shart emas. Zero, Sharof ayni damda juda ham yaxshi. Ko’rinishiga, gap-so’z yo’q! Shunchaki, tibbiy muolaja olish uchun shifoxonada yotganligini aytib o’tdi. Ijodiy ishlar bilan toliqqan Sharof biroz muolaja olgach tez kunda shifoxonadan chiqadi va yana ijodini katta kuch bilan boshlaydi. Biz o’z o’rnida do’stimiz Sharof Muqimovga shifo tilab qolamiz. Muxlislari uchun ajoyib qo’shiqlar kuylash uchun kuchga to’lib olib, tezroq san’at olamiga qaytishiga tilakdoshmiz!!!

Sharof Muqimov shifoxonada


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 350 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *