Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Iyun, 2011

Sharof Muqimov o'z kasbini o'zgartiradi?!

Sharof MuqimovEstradamizning yorqin yulduzi Sharof Muqimov o'z kasbini o'zgartiradi. Sizni juda ham qiziqtirib qo'ydikmi? Unday bo'lsa, davomini o'qing. Sharof Muqimov endilikda rejissorlik qiladi…

Gap shundaki, Sharof Muqimov Mavzuna ismli yosh xonandaning «Yolg'iz qo'yma» nomli yangi qo'shig'iga klip suratga tushirib berdi. Mavzuna Sevinchni tan olgan birgina shogirdi. Bu klip Sharofning «O, Layli» klipidan so'ng ikkinchisi hisoblanadi va hali oldinda yana ko'plab kliplar, nasib qilsa filmlar ham suratga olish istagi yo'q emasligini ma'lum qildi. Klip katta byudjetli bo'lib, unda yosh oilalar bir-birini qadriga yetmay ko'gnlini qattiq og'ritib qo'yib, ayriliq darajasigacha borganligi va xatosini tushunib yetgandan so'ng pushaymon bo'lib, muhabbatni qayta tiklash qanchalik qiyin ekanligi ko'rsatib beriladi. Rejissorlik ham ijodni bir turiga kirishini inobatga olsak, Sharof ijoddan to'xtab qolmayapti. Ammo, bu ketishda u xonandalikni unutib qo'ymasa bo'lgani. Har holda necha yillik faoliyati mobaynida oz-muncha muxlis yig'dimi…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *