Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Sen, 2007

Sharof Muqimov: «Ona»!

Sharof Muqimov«Ona duosi asrar»… Sharof Muqimovning navbatdagi taronasi aynan shunday nomlanadi. Sokin ohangda ijro etilgan ushbu taronaning so’zi Bobur Bobomurod qalamidan, musiqasi Ozoda Abduvalieva ijodidan.Aynan shu qo’shig’i uchun Sharof, klipmeyker Muzaffar Erkinovga klip suratga oldirdi. Klip voqeaviy ko’rinishida bo’lib, «Muqimiy» nomidagi drama teatri hamda O’zbek milliy akademik drama teatrining taniqli va iste’dodli aktyor va aktrisalari rol ijro etishgan. Sharof shuningdek, «Niqob» filmi uchun maxsus saundtrek ijro etdi. Qo’shiq matnini Arslon Karim hamda o’zi yozgan. Saundtrekka Ali Niyazimbetov tomonidan musiqa bastalangan. Sharof ijodidagi ushbu tarona, ilk marotaba «Tarona records» studiyasida yozildi. 20 sentyabrdan e’tiboran ushbu taronaga ishlangan klipni «TV-MARKAZ» telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 147 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *