Shahzoda+Shahriyor=Birinchi sevgi (+klip)
Shahzoda hamda Shahriyor ijrosidagi «Birinchi sevgi» nomli qo’shiqni menimcha muxlislar juda ham orziqib kutishmoqda. Juda ham oz fursat qoldi. Mana bugun klipni suratga olish ishlarining ilk kuni ham bo’lib o’tdi. Klip rejissori taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov. Biz siz azizlar uchun klipni suratga olish jarayonidan bir qator fotolavhalar tayyorlab keldik. Sizga sirli bir ma’lumotni aytib o’tishimiz mumkin. Klipda Shahzoda o’qituvchi rolini talqin qilmoqda, Shahriyor esa… Bu haqda keyinroq albatta to’xtalib o’tamiz.