Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Apr, 2011

Shahzodaning qo'shig'i «Rus radiosi»da!

ShahzodaYaqindagina Shahzodaning «Lyublyu tebya» taronasi «Rus radiosi» to'lqinlarida yangray boshlaganiga qaramay, shu zahotiyoq an'anaviy «Zolotoy grammafon» taqdirlash marosimining ovoz berish jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Keling azizlar, Shahzodani ushbu taqdirlash marosimida ko'rish uchun, sovrindorlar qatoriga Shahzodani qo'shilishi uchun mazkur qo'shiqqa faol ravishda ovoz beraylik. Zero, hamyurtimiz ushbu mukofotni qo'lga kiritsa, biz bu bilan faqatgina fahrlanib yuramiz. «Rus radiosi»ning saytiga quyidagi manzil orqali tashrif buyuring va Shahzodaning «Lyublyu tebya» taronasiga ovoz bering: http://www.rusradio.ru/air/grammofon/2787641/. Shuningdek, Rossiyadagi muxlislar sms orqali ham ushbu qo'shiqqa ovoz berishlari mumkin. Buning uchun «Шахзода Люблю тебя» so'zini 6100 raqamlariga yuborishlari lozim.

BIZ SENGA ISHONAMIZ SHAHZODA! SEN G'OLIB BO'LISHGA LOYIQSAN!

P/S: Shu o'rinda ta'kidlab o'tishimiz mumkinki, mazkur hit-paradda o'zbek estradasining yana bir (sobiq) vakilasi, ya'ni Sogdiana ham o'zining «Ne molchi» taronasi bilan ishtirok etmoqda. Unga ham omad tilab qolamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 81 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *