Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzodaning matbuot anjumanidan…
25 Mart, 2013

Shahzodaning matbuot anjumanidan…

Shahzoda anjumanBugun 2013 yil 25 mart kuni soat 15:00da Shahzoda bir qator OAV hodimlari bilan matbuot anjumani o’tkazdi. O’zbekiston Respublikasi Milliy Kutubxonasining 5 qavatida joylashgan anjumanlar zalida Shahzodaning may oyida bo’ladigan konsert dasturi, yangi saytining ochilishi, yangi albomlari va bir qator ijodiy faoliyati borasida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Anjumanda OAV hodimlari va Shahzodaning bir qator ashaddiy muxlislari jamlangan bo’lib, 1,5 soat davomida o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Savollar orasida qiziqarlilari ham bo’ldi, zerikarlilari ham. Shahzoda har bir savolga to’liq va aniq javob berishga harakat qildi. Hech bir savoldan qochgani yo’q. Bu hol albatta tahsinga loyiq. Anjuman davomida Shahzoda va Shohruhxon ijrosidagi «Shoshma» taronasiga ishlangan klip va xonandaning yangi rasmiy saytini tanishtiruvi ham bo’lib o’tdi.
OAV hodimlariga taqdim etilgan press-relizda Shahzoda bahor oylarida nafaqat o’zbek tilidagi balki rus tilidagi albomini ham taqdim etishi rejalashtirilayotgani yozilgan. Shuningdek, Evropaning mashhur ovoz yozish kompaniyasi bilan hamkorlikda ingliz tilida ham albom tayyorlanayotganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Tez orada Bolqonlik taniqli prodyuser va xonanda Costi bilan birgalikda kuylangan duet taronaning klipi prem’erasi ham yaqin orada bo’lishi kutilmoqda. Demak, Shahzoda yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarliklar chog’ida boshqa ijodiy ishlarni ham to’xtatayotgani yo’q. Biz Shahzodaning kelgusi ijodiga omadlar tilab qolamiz.

Shahzoda anjuman

Shahzoda anjuman

Shahzoda anjuman

Shahzoda anjuman

Shahzoda anjuman


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 651 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *