Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 May, 2012

Shahzodaning kutilgandanda a'lo konserti!

Shahzoda 2012 konsert2012 yil 1 maydan buyon Shahzoda Toshkentning eng ko'rkam saroylaridan bo'lmish «Istiqlol» san'at saroyida o'z yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. 7 mayga qadar taqdim etiladigan mazkur konsert dasturida Shahzoda o'z muxlislarini xushnud etadi. Shahzoda bizni ham o'z konsertiga taklif etdi va bugun ushbu konsert haqida to'xtalib o'tamiz.

2 may kuni SB.uz portali ijodiy jamoasi ham Shahzodaning yakkaxon konsert dasturiga tashrif buyurdi va darhaqiqat yuqori darajada, ko'tarinki kayfiyatda o'tgan konsert dasturi bizda ham iliq taasurotlar qoldirdi. E'tirof etish joiz bo'lgan jihatlardan biri bu konsert zalni liq to'lganligidir. Bu kabi to'liq zal bugungi kunda ko'p konsert dasturlarda uchratish qiyin. Konsertga qadar bo'lgan tayyorgarlik ham shundoq sezilib turibdi. Konsert uchun qandaydir daxshatli dekoratsiya qurilmagan bo'lsada, ijodiy tayyorgarlik yuqori darajada bo'lganligi ko'rinib turibdi.
Dasturning avvalida Shahzoda o'zining ilk imiji bo'lmish sharqona malika qiyofasida namoyon bo'ldi. Avval ma'yusroq ohangdagi taronalari bilan konsertni boshlab olingan bo'lsa, so'ngra raqsbop qo'shiqlar ijro etildi. Ayniqsa, 2006 yilda haqiqiy hit darajasiga yetgan «Faqat sen», «Kechalar» kabi taronalar jarang sochgan paytda butun zal larzaga keldi. «Tilayman» taronasi ham juda yaxshi kutib olindi. Bir qator qo'shiqlar jonli ravishda ijro etilganligi ham e'tiborga molik. Tashkillashtirilgan raqslarni raqqos va raqqosalar maromiga yetkazib ijro etishdi. Bu ham tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo'lgan jihatlardan biri. Konsert davomida barchaning kayfiyati birdek a'lo darajada edi. Bunday holat har bir konsert da ham kuzatilavermaydi. Chunki, zerikarli konsert dasturlari ham tez-tez bo'lib turishi sir emas.
Agarda hali konsert dasturiga tushmagan bo'lsangiz u holda bugunoq ushbu konsertga tushishni ravsiya qilamiz. Faqat bir muammo bor! Chipta topa olsangiz bo'lgani. Konsertga tushish imkoniga ega bo'lmagan muxlislarga esa konsertni ozgina bo'lsada his etishlari uchun konsertdan eksklyuziv bir videolavhani taqdim etamiz.

Shahzoda — Faqat sen (Konsert 2012) videosini tomosha qilish

Shahzoda 2012 konsert

Shahzoda 2012 konsert

Shahzoda 2012 konsert

Shahzoda 2012 konsert

Shahzoda 2012 konsert

Shahzoda 2012 konsert

Shahzoda 2012 konsert


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 333 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *