Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzodaning konserti yakuniga yetdi! (7-kun fotosuratlari)
8 May, 2013

Shahzodaning konserti yakuniga yetdi! (7-kun fotosuratlari)

Shahzoda 2013 konsertKecha, 2013 yil 7 may kuni Shahzodaning 2013 yilgi Toshkent shahrida taqdim etadigan yakkaxon konsert dasturi yakuniga yetdi. Mazkur konsert dasturlarida davomida biz siz azizlarga eksklyuziv fotolavhalarni taqdim etishga harakat qildik. Mana so’nggi kunidan ham fotosuratlarni taqdim etishga tayyormiz.

7-kun yakuniy konsert dasturi bo’lgani uchun bo’lsa kerak muxlislar har kungidanda ko’proq bo’ldi. Konsert zalidagi barcha o’rindiqlar to’la, hattoki turib tomosha qilganlar soni ham anchani tashkil etadi. Aynan 7-kuni boshqa kunlarga nisbatan yulduzlar ko’proq tashrif buyurgandek tuyuldi. Zarina Nizomiddinova onasi bilan, Nilufar Usmonova, Shahzoda Matchonova, Dineyra, «Bojalar» guruhi yakkaxoni Jahongir Poziljonov oilasi bilan, Ulug’bek Qodirov turmush o’rtog’i bilan, Nilufar Sotiboldieva, Baxtiyor Rahmonov, Yulduz Hamidova, Muzaffarbek Mirzabekov, Kaniza va boshqalar so’nggi kun mehmoniga aylanishdi. Konsert dasturi qanday o’tganligi haqida bir qator yulduzlarimizdan fikrlarini oldik. Ularning barchalari a’lo kayfiyatda, mazza qilib konsert tomosha qilishganligini aytib o’tishdi. Konsert yakuniga yetgach Tashrif buyurgan yulduzlarimiz Shahzodaning pardozxonasiga tashrif buyurib, birma-bir tabriklab chiqdilar. So’ngra shu kuni konsert dasturini boshidan oxiriga qadar suratga tushirib turgan «TVM» kanali jamoasi Shahzodadan intervyu oldilar. Ushbu intervyuni va konsert dasturi haqidagi ko’rsatuvni «TVM» telekanlining «Prime Time» dasturida tomosha qilishingiz mumkin. Endi esa navbat «Real Time» studiyasi tomonidan SB.uz uchun maxsus suratga olingan fotosuratlarga.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 928 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *