Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Okt, 2012

Shahzodaning katta gastrol turnesi boshlandi!!!

ShahzodaYurtimizning yorqin yulduzi Shahzoda o'zining yakkaxon konsert dasturi bilan xorijni aylanib keladi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, Shahzoda xorijiy shaharlarda o'z gastrol turnesi bilan chiqish qilishi kutilmoqda. Birinchi yurish Qozog'iston poytaxti Almataga bo'ladi! Keyingisi esa Moskva shahrida!!!

Biz bilamizki, Shahzodani bugungi kunda nafaqat O'zbekistonda, balki Qozog'iston va Rossiyada ham yaxshi bilishadi. Shu sababdan ham Shahzodaga ushbu davlatlarda konsert dasturi tashkil etish uchun takliflar tushgan. Sevimli yulduzimiz esa bu chaqiruvga labbay deb javob berdi. Natijada esa ko'plab xorijiy muxlislar ham sharqona imijga ega bo'lgan xonanda ijodidan bahramand bo'lishadi. Demak, xorijdagi Shahzodaning muxlislari diqqatiga mazkur konsert dasturlar haqida xabar beramiz.

2012 yilning 1-7 may kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan «Assalomu Alaykum» nomli konsert dasturi endilikda 4 noyabr kuni Almata shahrining Respublika saroyida bo'lib o'tadi. Konsert dasturi 18:00da boshlanadi. Bu katta gastrol turnesining boshlanishi hisoblanib, undan so'ng yana ko'plab konsert dasturlari rejasi tuzib qo'yilgan.
22 noyabr kuni esa gastrol turnesi Rossiyaning Moskva shahridan joy olgan, Lujnikidagi «Rossiya» Davlat Markaziy Konsert Zalida davom etadi. Bu yerdagi konsert dasturi 19:00da boshlanishi ko'zda tutilgan.
So'ngra Maxachkala, Astana, Derbent, Pavlodar, Baku va boshqa ko'plab shaharlarda ham Shahzoda o'z konsert dasturi bilan chiqish qilishi kutilmoqda. Bu dasturlar haqida keyinroq to'xtalib o'tamiz. Konsertga tashrif buyurish istagida bo'lganlar quyidagi afishalarda keltirilgan telefon raqamlari bilan bog'lanishlari mumkin.

Shahzoda

Shahzoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 189 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *