Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Iyul, 2011

Shahzodaning fan-klubi yig'ilishida barcha sirlar ochildi!

ShahzodaBundan 4 yil avval tashkil topgan Shahzodaning fan-klubi ilk bora bugun uchrashuv o'tkazdilar. O'zbekiston Milliy Matbuot Markazida bo'lib o'tgan uchrashuvda Shahzoda muxlislarining barcha savollariga ochiq oydin, hech bir ma'lumotni sir saqlamay javob berdi. Biz ham sizga Shahzodaning bir qator qaynoq ma'lumotlaridan xabar beramiz.

Fan-klub uchrashuvi bugun soat 11:00da bo'lib o'tdi va unda Shahzodaning eng ashaddiy muxlislari jamul-jam bo'lishdi. Eng qizig'i bu uchrashuv faqat va faqat muxlislar uchun uyushtirilgan bo'lib, unga birgina SB.uz portali taklif etildi. Demak, shu uchrashuv mobaynida bo'lib o'tgan suhbatdan olingan eng qaynoq ma'lumotlar bilan o'rtoqlashamiz.

1) «Yoqasan» qo'shig'iga ishlangan klip juda ham tez orada tayyor bo'ladi va u bizning portal orqali siz azizlarga prem'era tarzida tortiq etiladi.

2) «Yoqasan» klipidan so'ng, uning ketidan «Benom» guruhi yigitlari so'zi va musiqasi bilan kuylangan «Qora ko'zlaring» nomli ma'yus ohangdagi qo'shiq taqdim etiladi va unga klip ham suratga olinadi. E'tiborli jihati ushbu klip g'oyasi Rossiyalik rejissorlar bilan hamkorlikda yozilgan.

3) Shahzodaning navbatdagi albomidan o'rin oladigan barcha qo'shiqlar musiqasi va so'zlari «Benom» guruhi yigitlari tomonidan yoziladi.

4) Suhbat chog'ida Shahzodaga «Majruh» filmi haqida savol berishdi va Shahzoda ushbu filmni yodga olar ekan beixtiyor ko'zlariga yosh keldi.

5) O'zbek estradasi vakillari bilan duet borasida so'z ketar ekan Shahzoda navbatdagi duet taronani «Benom» guruhi yigitlari bilan kuylashini ma'lum qildi.

6) Xorij estradasi vakillari bilan duet kuylashga to'xtaladigan bo'lsak, turk estradasi vakili Tarkan bilan duet ijro etishi mumkinligi, biroq bu taklif borasida biroz keyinroq ish olib borilishi ham ma'lum bo'ldi.

7) «Yoqasan» qo'shig'iga ishlangan klipda Shahzodaning fan-klubi a'zolari ham ishtirok etishgan.

8) Shahzoda yana bir yangi filmda suratga tushmoqda. Filmda u bilan birga Farruh Soipov bosh qahramon obrazini talqin qiladi. Shahzodaning ushbu filmdagi qahramoni «shayton» ekanligi barchani hayratga soldi. Biroq, film komediya janrida, shou-biznes haqida ekanligi ham e'tiborga molik.

 

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *