Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Noy, 2011

Shahzodaning albom taqdimoti bo'lib o'tdi!

Shahzoda - Qora ko'zlaring albomKuni kecha, ya'ni 1 noyabr kuni yurtimizning bir qator radioto'lqinlarida Shahzodaning navbatdagi albomi taqdimoti bo'lib o'tdi. Boshqa albomlar taqdimotidan farqli ravishda mazkur albomni «Benom» guruhi vakillari taqdim etdilar. Chunki, ushbu albomdan o'rin olgan barcha qo'shiqlar musiqa va matn mualliflari aynan mana shu guruh a'zolari edi.

«Qora ko'zlaring» deb nomlangan mazkur albomdan Shahzodaning 11 nafar qo'shig'i o'rin olgan bo'lib, ularning barchasini musiqa muallifi «Benom» guruhi a'zosi Sarvar Azimov ijodidan, o'zbek tilida ijro etilgan qo'shiqlar so'zlari esa guruhning ikkinchi a'zosi Komil Fozilov tomonidan yozilgan. Albomdan o'rin olgan rus tilidagi qo'shiq matni esa Ravil Gimazutdinov qalamiga mansub. Avval aytib o'tganimizdek, albom taqdimoti «Vodiy sadosi», «O'zbegim taronasi» hamda «Grand» radiolarida bo'lib o'tdi. Albomni qo'lga kiritish istagida bo'lgan muxlislar «Nirvana» musiqa do'konlaridan Shahzodaning «Qora ko'zlaring» albomini topishlari mumkin.

 

Shahzoda - Qora ko'zlaring albom

Shahzoda - Qora ko'zlaring albom

Shahzoda - Qora ko'zlaring albom


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 195 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *