Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
Shahzodaning 2017-yilgi konsert dasturidan fotoreportaj!
6 May, 2017

Shahzodaning 2017-yilgi konsert dasturidan fotoreportaj!

Shahzoda 2017 konsertO’zbek estradasining maftunkor va yorqin yulduzi Shahzoda o’zining 2017-yilgi konsertini birinchi kunini kecha, 5-may kuni taqdim etdi. Bugun biz sizlarga mazkur konsert dasturidan tayyorlangan maxsus fotoreportajni taqdim etishga shay turibmiz.

Har yilgidek Shahzoda bu yilgi konsert dasturiga ham 6 oy avvaldan hozirlik ko’ra boshladi. Konsert dasturida Shahzoda o’zining 20dan oshiq taronalarini kuyladi. Avvalgi yilgidan farqli ravishda bu yil faqatgina bittagina duet tarona ijro etdi. U ham bo’lsa, O’zbekiston Xalq artisti, elimiz ardog’idagi san’atkor Farruh Zokirov bilan kuylandi. «Chinara» deb nomlangan mazkur tarona muxlislar tomonidan juda ham yaxshi qarshi olindi. Shahzoda bilan konsertdan so’ng bo’lib o’tgan suhbatda shuni bilib oldikki, bu yilgi qo’shiqlari orasida «Yomg’ir» taronasi eng ommabopi bo’lishini tahmin qilmoqda. SB.uz portalining Youtubedagi rasmiy kanalini kuzatib borsangiz, yaqin orada Shahzoda va Farruh Zokirov bilan konsert davomida uyushtirilgan suhbatlarni tomosha qilib, tinglashingiz mumkin bo’ladi.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *