Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzodaning 2015-yilgi konsert dasturidan fotoreportaj!!!
2 May, 2015

Shahzodaning 2015-yilgi konsert dasturidan fotoreportaj!!!

Shahzoda 2015 konsert

Mana may oyi ham kirib keldi. San’atsevar yurtdoshlarimiz orziqib kutgan Shahzodaning yakkaxon konsert dasturlarining ilk kuni ham a’lo darajada o’tdi. Shahzodaning 2015-yilgi yakkaxon konsert dasturining ilk kunidan tayyorlangan fotoreportaj esa sizning e’tiboringizga tortiq etilishga tayyor.

Har yilgidek, bu yil ham Shahzoda o’z konsert dasturini a’lo darajada o’tkazdi. Muxlislar oldidagi navbatdagi imtixonini topshirdi. «Istiqlol» saroyi muxlislar bilan to’lib toshgan. Deyarli bo’sh o’rindiqni topishning iloji yo’q. Bir necha yulduzlar bilan ijro etilgan duetlar esa tashrif buyurgan san’at ixlosmandlarini yanada quvontirdi. Jumladan, Ulug’bek Rahmatullaev, Shohruhxon va «Bojalar» guruhi xonandasi Jahongir Poziljonov bilan kuylangan duetlar juda ham yaxshi qarshi olindi. «Fotima va Zuhra» filmi uchun ijro etgan «Hayot ayt» saundtrekini esa mazkur film bosh rol ijrochilari Ulug’bek Qodirov hamda Gulchehra Eshonqulova bilan birgalikda kuylashi, umuman kutilmagan sovg’a bo’ldi. Har yilgidek, bu yil ham Shahzodaning tili bilan aytilganda konsertning «fishka»si Halima bo’ldi. Xullas, konsertning ilk kuniga oid eng muhim ma’lumotlar mana shulardan iborat edi. Nasib qilsa, yana konsertdan fotoreportaj tayyorlab, siz azizlarga taqdim etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 703 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *