Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Fev, 2011

Shahzodani sog'indingizmi?

ShahzodaO'zbek estradasida yulduzlarimiz juda ham ko'p. Har biri «o'zicha» MEGA-YULDUZ! Afsuski, mega yulduz deb har kimni ham aytib bo'lmaydi. Ammo, menimcha MEGA-YULDUZ so'zini Shahzodaga bemalol ishlatishimiz mumkin, yoki noto'g'rimi? Uning har bir taronasi dilga yaqin, har bir qo'shig'i hit darajada! Xo'sh, yana nima bizni Shahzodani MEGA-YULDUZ deyishimizga to'sqinlik qiladi?

Shahzodadan yangi qo'shiqlarni qarshi olishda davom etayotgan bo'lsakda, uni TV kanallarida tomosha qilishni, konsert dasturiga tushib, xordiq chiqarishni istovchilar son-sanog'i bo'lmasa kerak. Ular qatoriga o'zimni ham qo'shishim mumkin. Uning so'nggi konsert dasturi hali ham ko'z oldimda, ajoyib shou dastur, yuqori saviyadagi dekoratsiya, ko'tarinki kayfiyat va eng asosiysi tashkiliy ishlari ham o'z maromida amalga oshirilgan edi. Qani endi 2011 yil ham Shahzodaning konsert dasturini yana bir bor tomosha qilish nasib etsa? Nima dedingiz? Balki, konsert dasturi mehmoni Timati va Dj Smash bo'larmidi… Mayli, hamma narsaning o'z vaqt soati bor…

Xullas bu shunchaki, bir maqola edi xolos. Aslida muxlislarga bir savol bilan murojaat etishni istagandim xolos. Siz Shahzodani sog'indingizmi?


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 72 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *