Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Okt, 2006

Shahzodani konserti bo’lmaydimi?!

ShahzodaSo’nggi paytlarda estradamzi yulduzi Shahzoda haqida turli mish-mishlar juda ham ko’p tarqaldi. Kimdir uni hayosiz fotosuratlardan tushganligi bilan ayblasa, yana kimdir konsert dasturi bo’lmas emish deya jar solmoqda. Xo’sh, bular haqiqatmi?

Hayosiz fotosuratlar fotomontaj ishlari asosida yaralganligi ma’lum bo’ldi, videolavha esa mutlaqo boshqa ayol ekanligi aniqlandi. Ammo konsert masalasi hozircha ochiq qolmoqda. Buni bilish maqsadida biz «Tarona records» bilan bog’landik, biroq aniq bir javob ola olmadik. Lekin, shunisi ma’lumki, Shahzoda har xil mish-mishlarga qaramasdan ijod qilmoqda. Bunga misol tariqasida uning yangi tayyorlagan »Yo’q» deb nomlanmish taronasini ko’rsatishimiz mumkin. Shu o’rinda bir savol tug’iladi, kimga va nimaga yo’q!!! Javob esa yaqin kunlarda aniq bo’ladi. Ya’ni, qo’shiq efir yuzini ko’rgach, uni tinglab bilib olishimiz mumkin. Mazkur taronaga iste’dodli klip ustasi Jasur Shametov tomonidan klip ham suratga olinmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *