Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzodadan yangi saundtrek va unga klip…
1 Mart, 2014

Shahzodadan yangi saundtrek va unga klip…

Shahzoda - Malo liO’zbek kinoijodkorlari tomonidan yangi «Geolog. O’limdan kuchli» nomli film suratga tushirildi. Rossiya kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan mazkur film uchun maxsus saundtrekni kim ijro etishi haqida bosh qotirilar ekan, film prodyuseri Shahzodani tanladi.

«Geolog. O’limdan kuchli» kinokartinasi uchun kuylangan saundtrek tarona rus tilida kuylangan bo’lib, u «Malo li» deb nom oldi. Qo’shiq mualliflari Ukrainalik ijodkorlar hisoblanishadi. Matn muallifi Klimenko Ivan Petrovich bo’lsa, musiqani Leo K tahallusi bilan tanilgan Alaverdashvili Kaxaberi Timurovich bastalagan. Ushbu taronaga ishlanayotgan klip esa Shahzodaning ko’p yillik hamkori «Warner Music» kompaniyasi tomonidan tasvirga tushirilmoqda. Klipda kompyuter grafikasida keng foydalanilishi kutilmoqda. Ushbu montaj ishlari ustida esa Moskvalik ijodkorlar ish olib borishmoqda. Klip tez orada tayyor bo’ladi va siz azizlarga taqdim etiladi. Qo’shiq prem’erasi esa 3-mart kuni soat 18:20da «O’zbegim taronasi» radiosida bo’lib o’tadi. Tinglashni unutmang!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 320 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *