Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzodadan yangi albomni qarshi oling!!!
11 May, 2015

Shahzodadan yangi albomni qarshi oling!!!

Shahzoda 2015 albom taqdimoti

O’zbek estradasining yorqin yulduzi Shahzoda bugun soat 18:00da «Discovery» musiqiy disklar do’konida o’zining yangi albomi taqdimotini o’tkazdi. Mazkur albom taqdimotiga Shahzodaning muxlislari va OAV hodimlari tashrif buyurishdi. Jumladan SB.uz portali ijodiy jamoasi ham albom taqdimotida qatnashdi.

Shahzodaning «Rahmat hayot» deb nomlangan yangi albomidan xonandaning 12ta yangi taronasi o’rin egallagan bo’lib, ulardan 5tasi duet tarzida ijro etilgan. Duetdoshlar esa Ulug’bek Rahmatullaev, Shohruhxon, Jasur G’oyipov, Dj Piligrim hamda «Bojalar» guruhi. Har bir tarona o’ziga xos uslubda kuylangan. Duetlar ichida «Bojalar» guruhi bilan kuylangan qo’shiq muxlislar tomonidan juda ham yaxshi qarshi olinganligini Shahzodaning konsert dasturida guvohi bo’lgan edik. Shahzodaning o’ziga esa barcha duetlar manzur bo’lganini ta’kidlab o’tdi. Shahzoda albomi taqdimoti davomida savollarga javob berar ekan, tez kunlarda Ulug’bek Rahmatullaev bilan kuylangan duetga klip ham suratga olinishini ma’lum qildi. Undan so’ng esa «Bojalar» guruhi bilan ijro etilgan duetga ham klip suratga olinishi rejalashtirilgan.

Quyida siz azizlar uchun albom taqdimoti davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 15 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *