Shahzodadan va nihoyat yana saundtrek!
Shahzodaning shubhasiz hit taronasi «To’rt qadam» rejissor Abduvohid G’anievning yangi «Men kim man» nomli badiiy filmiga saundtrek sifatida tanlab olindi. Xabaringiz bor ushbu tarona Shahzodaning shu yili sotuvga chiqarilgan «Sevgi bor» nomli ilk romantik albomidan o’rin olgan edi. Kuni kecha mazkur taronaga klip ham suratga olindi.
Klip o’zida Shahzodaning ijrosi va filmdan lavhalarni jamlagan. Muxlislar uchun bu so’zsiz ajoyib sovg’a bo’ladi. Umid qilamizki, «Men kim man?» nomli badiiy film prem’erasi tomoshabinlarni ko’p kuttirmaydi. Quyida klip suratga olish jarayonidan fotolavhalarni havola etamiz.