Shahzodadan qaynoq premyera
Habaringiz bor nafaqat o'zbek, balki butun MDH davlatlari bo'yicha ma'lum va mashhur Shahzoda oktyabr oyida Moskva shaxrida o'zining yakkahon konsert dasturini taqdim etish niyatida. Albatta konsert dasturiga tayyorlanishdan tashqari xonanda o'z muxlislariga qo'shimcha hadyalar taqdim etib kelmoqda.
Jumladan Shahzoda yangi «Majruh» filmida Ulug'bek Qodirov bilan birgalikda bosh rollarni talqin etishdi. Bu hali hammasi emas, Shahzoda aynan ushbu film uchun soundtrack kuylashga ham ulgurdi. Aynan ushbu «Tilayman» nomli soundtrack taronani bugun sizlarga taqdim etamiz. O'ylaymizki ushbu tarona sizga albatta yoqadi. Zero tarona juda ham ajoyib kuylangan.