Shahzodadan «Kechalar 2» yohud «Sog'indim»!
Bugungi kunda, ko'pchilikning qalbini zabt eta olgan xonanda Shahzodaning «Sog'indim» deb nomlangan taronasi efirlar orqali muxlislar uchun havola etilmoqda. Mazkur tarona mavzusi va tematikasi bo'yicha xonandaning «Kechalar» qo'shig'iga judayam o'xshab ketgani uchun u muxlislar tomonidan «Kechalar»ning 2-qismi ya'ni davomi sifatida ham e'tirof etilmoqda. «Sog'indim»ning ijodkorlari «Benom» guruhining a'zolari Komil Fozilov hamda Sarvar Azimovlar hisoblanishadi.
Ayni paytda esa xonanda Shahzoda Moskva shahriga «MuzTV» telekanali uchun maxsus tayyorlangan ko'rsatuvlarda ishtirok etish uchun jo'nab ketgan. Shu bilan birgalikda xonanda Moskvada rus tilida kuylangan ikkita yangi taronasiga klip suratga olib qaytish niyati ham yo'q emas. Mazkur ikki taronaning nomi hamda klip mavzusi nima haqda bo'lishi hozircha muxlislarda sir tutilmoqda. O'ylaymizki, muxlislar bu haqda yaqin orada saytimiz orqali bilib olishadi.