Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Dek, 2008

Shahzodadan 3 albom!!! Super yangiliklar!!!

ShahzodaShahzodaning ijodiy yo’liga nazar tashlaydigan bo’lsak, biz uni yildan-yilga o’sib borayotganini, qo’shiqlari yanada jozibador va sifatliroq chiqayotganiga guvoh bo’lamiz. Uning har bir qo’shig’i hit darajasiga chiqmoqda va hanuzgacha hatto ilk qo’shiqlari ham qalbimizda, yuragimizda yashamoqda. Ayni kunda Shahzoda bir emas, 3 albom ustida ish olib bormoqda. Mana shu albomlar haqida batafsil ma’lumot beramiz bugun…Yaqindagina Shahzoda o’zining rus tilida ijro etilgan qo’shiqlar albomi ustidagi ishlarini yakunladi. Aslida mazkur albom ustidagi ishlar 2007 yil boshlangan edi. «1000 i 1 noch» taronasiga ishlangan klip va mazkur tarona rus tilidagi albomning asosiy taronasi sifatida o’rin oldi. Albomdan Shahzodaning rus tilida ijro etgan 9 ta taronasi o’rin olgan.
Qo’shiq va klip Rossiyaning radio va TV kanallarida jarang sochishni boshlagan ilk kunlardayoq keng ommani e’tiborini o’ziga jalb qila oldi. Klip RU TV, TNT, Musicbox kanallari orqali namoyish etilgan bo’lsa, Rossiya (RTR) telekanalining «Qaynoq o’ntalik» teledasturida ishtirok etdi va telekanallar tomonidan o’tkazilgan so’rovnomalarga ko’ra hit-paradlarni yuqori pog’onalarini zabt etishga ham ulgurdi. Qo’shiqning o’zi esa radiokanallarning deyarli barchasida yuqori o’rinlarni egalladi. Bevosita «1000 i 1 noch» klipi haqida to’xtaladigan bo’lsak, klipning lavhalari Birlashgan Arab Amirliklari, Nyu-York va Toshkentda suratga tushirildi. O’zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi joylashgan «O’zbekfilm» pavilionlarida maxsus dekoratsiya qurildi. Shuningdek, ba’zi lavhalar dengiz bo’yida hamda cho’lu-biyobonlarda suratga tushirildi. Klip rejissori — Bahodir Yo’ldoshev, O’rta Osiyo va Rossiyada tanilib ulgurgan klipmeyker hisoblanadi. Ayni damda Shahzoda Rossiya shou-biznesining eng taniqli prodyuserlari bilan hamkorlik qilmoqda. «1000 i 1 noch» taronasi radioto’lqinlarni egallagandan so’ng sevimli xonandamizga Moskva shahrining taniqli ovoz yozish studiyalaridan takliflar tusha boshladi. Jumladan, «Misteriya Zvuka» studiyasi, ushbu studiyada Bogdan Titomir, Dima Bilan, «Tatu» guruhi, «BiS» guruhi, Dakota, «Korni» guruhi kabi Rossiya shou-biznesi yulduzlari ovoz yozishadi.
Shahzodaning orziqib kutilgan va yangi rus tilidagi albomi 2009 yilning mart oyida chiqishi kutilmoqda. Bu Shahzodaning muxlislari uchun haqiqiy bahoriy tuhfa bo’ladi!

2008 yil davomida Shahzoda O’zbekistonning yetakchi radiokanallari orqali o’zining hit taronalari bilan barchani lol qoldirishda to’xtamadi va shu taronalar hit-paradlarda yetakchilikni ancha vaqt davomida ushlab turgani ham rost. O’tayotgan yilda Shahzoda xorazmcha taronasi bilan ham hammani hayratga solganidan xabaringiz bor. Deyarli har ikki haftada yangi va yangi taronalari bilan prem’era tarzida radioto’lqinlarga kirib kelaverdi.
Shuningdek, tinglovchilarni e’tiboriga tushgan taronalardan biri ma’yus ohangda ijro etilgan «Bobojon» taronasidir. Shahzoda bu qo’shiqni alohida mehr va ich-ichidan chiqarib ijro etdi.
Xorazmcha uslubda ijro etilgan «Yurakdan urdi» taronasi 8 hafta mobaynida birinchi o’rinni hech kimga bermay kelganini ham ta’kidlab o’tish o’rinli. Bu hol hali uzoq davom etishi ham mumkin edi. Biroq, undan so’ng radiolarni zabt etgan «Unutmadim» hiti avvalgi taronani o’rnini egalladi.
Yil davomidagi ijod va harakatlar natijasi o’laroq shu yil yakunida Shahzoda o’zining yangi «Unutmadim» nomli taronasini Yangi yil uchun sovg’a tariqasida  taqdim etishga ahd qildi. Albom dekabr oyining so’ngida musiqiydo’konlarda paydo bo’lishi Shahzodaning qo’shiqsevar muxlislari uchun ajoyib sovg’a bo’lishi shubhasiz.

 

Va nihoyat Shahzodaning muxlislari uchun kuttirilgan ilk romantik albom «To’rt qadam» nomi ostida yorug’ dunyoni ko’radi.
Albomdan 10ta lirik tarona o’rin oladi. Har bir tarona qalbimizning eng nozik torlarini chalib, qalbimizni junbushga keltiradi. Qo’shiqlardagi har bir nola, ohang, matn va ijro sevishganlarning muhabbatlarini yanada yuksalishiga sabab bo’lsa ajab emas. Taronalar juda ham keng auditoriyaga mo’ljallangan, ayniqsa sevishganlar uchun ayni muddao. Albom Sevishganlar kunida sevimli yoringiz uchun taqdim etadigan haqiqiy  sovg’angizga aylanadi!
Lirik albom ustida «Tarona Records» kompaniyasining katta jamoasi ish olib bordi. Shahzoda ushbu albomga juda ham jiddiy yondashganini ham ta’kidlab o’tish o’rinli. Har bir taronaga alohida e’tibor va mehr bilan yondashildi. Romantik qo’shiqlar bilan boyitilgan romantik albomni chiqarish g’oyasi Shahzodaga ancha avval kelgan edi. Yil davomida mazkur kutilgan voqeaga ancha tayyorgarlik ko’rildi. Bu loyiha tinglovchi uchun barcha joyda tinglab hordiq chiqarishiga mo’ljallangan - uyda, avtomobilda, ofisda yoki bo’lmasa shamlar yoqilgan kechki ovqat vaqtida…
«4 qadam» albomning yuzi bo’lgan taronadir. Albom 14 fevral — Sevishganlar kunida chiqishi rejalashtirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 84 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *