Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Fev, 2012

Shahzoda yana avvalgi imijiga qaytmoqda!

Shahzoda2012 yilning 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 may kunlari estradamiz maftunkor yulduzi Shahzoda va nihoyat Toshkentda yana o'z yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Ushbu konsert dasturiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan Shahzoda yana o'zining avvalgi imijiga qaytishi ma'lum bo'ldi.

Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, Shahzoda ijodga ilk qadam bosgan davrlarida o'zini tarixiy malika obrazida namoyon etgan edi. O'zining ajoyib afsonaviy videokliplari bilan ilk olqishlarga sazovor bo'lgan xonanda vaqt o'tishi bilan yana shu imijiga qaytish niyati bor edi. Mana o'sha vaqt yetib keldi. Ayni kunlarda Shahzoda yangi bir qo'shig'i uchun klip suratga tushirayotgan bo'lib, ushbu klip ham aynan o'sha sharqona malika afsonasini davom ettirishi ma'lum bo'ldi. Klip qaysi qo'shiqqa suratga olinayotganligi va uni kim suratga olganligi hozircha sir saqlanmoqda. Ammo, yaqin kunlarda bularning barchasiga tez orada javob topamiz.

 

Shahzoda

Shahzoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 84 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *