Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Noy, 2010

Shahzoda va Jonim guruhining qaytishi

ShahzodaKo'plab estrada ixlosmandlari Shahzodaning estradadagi ilkq qadamlari «Jonim» guruhi bilan bog'liqligini bilishsa kerak. Ushbu guruhning har bir taronasi o'z davrida hit darajasigacha ko'tarilishga muvaffaq bo'lgan.

«Qarama ko'zlarimga», «O'tib ketadi», «Uyalmagin» va boshqalar shular jumlasidandir. Shahzodaning o'zi ham guruhdagi ijod davrini iliq hotiralar bilan eslaydi. Ayni kunlarda Shahzoda «Tarona Records» kompaniyasi bilan hamkorlikda o'z muxlislariga ajoyib sovg'a hozirlamoqda. Yashirib o'tirmaymiz, ushbu yangilik «Jonim» guruhining qaytishi bilan bog'liq desak hato bo'lmaydi. Bizni kuzatishda davom eting va Jonim guruhi qaytishi haqidagi batafsil ma'lumotlar bilan sizni boxabar qilamiz.
Bu hali hammasi emas. Ertaga 17-noyabr, soat 00:25 (Toshkent vaqti bilan) daqiqa o'tganda Rossiyaning «Muz-TV» telekanaliga sozlanishni unutmang. Sababi musiqiy telekanalning «Krokodil» loyihasida Shahzodaning chiqishiga guvoh bo'libgina qolmay, ajoyib shoudan bahramand bo'lasiz. Demak, o'tkazib yubormang.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *