Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Shahzoda va Dj Piligrim AQSHda konsert beradi!
18 Apr, 2015

Shahzoda va Dj Piligrim AQSHda konsert beradi!

Shahzoda va Dj Piligrim Amerika konsert

O’zbek estradasining ikki yorqin yulduzi, bir necha yillardan buyon muxlislarini o’z ijodi bilan quvontirib kelayotgan Shahzoda hamda Dj Piligrim ko’p sonli muxlislarning talablariga binoan AQSHda o’z konsert dasturlarini taqdim etish uchun hozirlik ko’rmoqdalar.

Jazirama yozda o’z vatanini sog’ingan, turli sabablarga ko’ra ayni damda AQSHda istiqomat qilayotgan muxlislarga haqiqiy shou konsertini taqdim etish uchun Shahzoda va Dj Piligrim 14-iyun kuni Nyu-Yorkda, «Master Theatre»da sahnaga chiqadilar. «BIG APPLE MUSIC» kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur konsert dasturida Shahzoda va Dj Piligrim o’zlarining ingliz, rus va albatta o’zbek tilidagi qo’shiqlarini ijro etishadi. Shuningdek, Dj Piligrim hamda Shahzoda birgalikda kuylagan 1 emas, 2 ta duet taronalarini ijro etishlarini ma’lum qilishdi. Shunday ekan, ayni damda AQSHda istiqomat qilayotgan aziz yurtdoshlarimiz, bunday konsert dasturini o’tkazib yubormang!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 882 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *