Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzoda va Aziz Farhod Saidovning klipida!!!
22 Dek, 2014

Shahzoda va Aziz Farhod Saidovning klipida!!!

Farhod Saidov - Go'zallar ham yig'lar ekanlarBugun iste’dodli xonanda Farhod Saidovning «Go’zallar ham yig’lar ekanlar» nomli yangi qo’shig’iga klip suratga olindi. Klipni suratga olish ishlari «Miran’ mehmonxonasida bo’lib o’tdi. Mazkur klip jarayonidan esa SB.uz portali maxsus fotoreportajni sizlarga taqdim etadi.

Farhod Saidovning «Go’zallar ham yig’lar ekanlar» nomli taronasiga suratga olingan klipga Shuhrat Mavlonov rejissorlik qildi. Klipda bosh rollarni Shahzoda Matchonova hamda Aziz Rametov ijro etishmoqda. Shahzoda Matchonova mazkur klipda aktrisa obrazida namoyon bo’ladi, Aziz Rametov esa uni sobiq eri rolini talqin etmoqda. Portalimizni kuzatib borsangiz klip tayyor bo’lgach, birinchilar qatorida siz azizlarga taqdim etiladi. Hozircha esa fotosuratlardan bahramand bo’ling!!!

Quyida siz azizlar uchun klipni suratga olish jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 224 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *