Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Fev, 2009

Shahzoda: «Sevgi bor»!!!

ShahzodaO’zbek estradasi mega-yulduzi Shahzodaning ijodidan eksklyuziv ma’lumotlarni sizga havola etishga tayyormiz. Bugun siz Shahzodani nafaqat yangi ijodiy ma’lumotlarini bilib olasiz, balki yangi fotojamlanmasidan eksklyuziv fotosuratni ham tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

Va’daga muvofiq estradamiz maftunkori Shahzoda 14 fevral Sevishganlar kuniga bag’ishlangan romantik albomini taqdim etish arafasida. Albom aynan 14 fevral kuni sotuvga chiqadi. Albom «Sevgi bor» deb nomlanadi. Undan 10ta romantik va ma’yus taronalar joy olgan. Jumladan: «Sevgi bor», «To’rt qadam», «Manzilim olis», «Faqat asra» va boshqalar… Agarda birinchilar qatorda siz ushbu taronalarni tinglashni istasangiz, unda 10 fevraldan 14 fevralga qadar «O’zbegim taronasi» radiosi orqali prem’eralarni o’tkazib yubormang. 14 fevral kuni esa aynan shu diskni qo’lga kiritmoqchi bo’lgan muxlislar kun bo’yi «Grand» radiosi orqali o’ynaladigan 14ta diskdan birini yutib olishlari mumkin bo’ladi. Bu 10 taronada qay biriga klip suratga olinishini esa «Vodiy sadosi» radiosidagi ovoz berishlar hal qiladi. 13 fevral kuni «Oriat Dono» radiosida ushbu albom ijodkorlari bilan maxsus intervyu bo’lib o’tadi.

Shahzoda

Shahzoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *