Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Okt, 2008

«Shahzoda sarguzashtlari» yoxud Rossiyadagi ijod!!!

Shahzoda - 1000 i 1 nochYaqindagina siz azizlar uchun estradamiz mega yulduzi Shahzoda Rossiyda o’z ijodini boshlagani haqidagi ma’lumotni yetkazgan edik. Buning tasdig’i sifatida Rossiya telekanallari orqali namoyish etilayotgan «1000 i 1 noch» nomli taronasini va klipini ko’rsatish mumkin. Shahzodaning Rossiyadagi ijodi haqidagi barcha haqiqatlarni siz uchun maxsus faqat va faqat SB.uz portali sizga yetkazishga tayyor! Demak, «Shahzoda sarguzashtlari»ga marhamat!!!

Sevimli yulduzimiz ijodiga befarq bo’lmaganlar uchun SB.uz portali izlanishda davom etmoqda va Shahzoda ijodiga oid yangiliklarni yetkazishga tayyormiz. Shahzodaning Rossiyadagi ijodi o’zbek muxlislarini «shok»ka tushirdi, desak adashmasak kerak. Zero, uning ijodi O’zbekistonda juda qadrlanadi.
Endi gapni cho’zmagan holda barcha yangiliklarni tinglaymiz. Shahzoda ijod qilayotgan «Tarona Records» kompaniyasiga yo’l oldik va Shahzodaning Rossiyadagi ijodi haqida ma’lumotlar olishga kirishdik. Studiyada bizni studiya direktori Davron Muqimov qarshi oldi. Yaqin kunlarda Shahzoda bilan eksklyuziv intervyu uyushtirish kelishib olingandan so’ng, bizga kerakli ma’lumotlarni voqif qildi.
1) Shahzodaning Rossiyadagi ilk ijod namunasi «1000 i 1 noch» deb nomlanadi. Qo’shiq matni Shahzoda ijodidan, musiqa va aranjirovka muallifi Ravil Gimazutdinov.
2) «1000 i 1 noch» taronasiga yurtimizning eng mashhur klipmeykeri «BVS» studiyasi rahbari Bahodir Yo’ldoshev suratga olgan. Klip katta byudjetli bo’lib, kinotasmaga tasvirga tushirilgan. Klip suratga olish jarayoni O’zbekistonda kechmagan. Klipda Shahzoda muhabbat suvi timsolida namoyon bo’lgan.
3) Ayni kunlarda klip Rossiyaning «RUTV» va «MUSICBOX» kabi telekanallarida namoyish etilmoqda. Qo’shiq ham Rossiya radioto’lqinlaridan tushmay jarang sochmoqda.
4) Rossiyada Shahzodaga taniqli xonanda Valeriyaning turmush o’rtog’i Iosif Prigojin prodyuserlik qilmoqda.
5) Hozirda Shahzoda ikki albom ustida ish olib bormoqda. Albomlardan biri Rossiya uchun mo’ljallangan bo’lsa, ikkinchisi o’zbek muxlislari uchun tayyorlanmoqda.
6) Tez kunlarda Shahzoda Rossiya estradasi yulduzlaridan biri bilan duet kuylashi ham ehtimoldan holi emas. Kim ekanligini esa keyinroq ma’lum qilamiz.
7) Shahzodaning Rossiyadagi ilk fotojamlanmasi uchun hozirda tayyorgarlik ko’rilmoqda. Fotojamlanma tayyor bo’lgach, rasmiy sayti ustida ish boshlanadi.
8) Ikki yurtda o’z ijodini davom ettirish yo’lida yana ikki yangi tarona va klip tayyorlanmoqda. Rossiya uchun mo’ljallangan yangi klip «1000 i 1 noch» klipidan ham «super» chiqishi kutilmoqda.
9) O’zbek muxlislari uchun tez kunda Shahzoda o’zining yangi albomini taqdimotini o’tkazish niyatida. Albatta bosh hamkor SB.uz portali bo’ladi.

Shahzoda - 1000 i 1 noch

Shahzoda - 1000 i 1 noch

Eslatib o’tamiz, tez kunlarda Shahzoda bilan eksklyuziv intervyu uyushtiriladi.

(P/S: Sentyabr oyi yakunida Shahzoda Qozog’istonda o’tgan mashhur festivallardan birida «Eng mashhur xorijiy yulduz» nominatsiyasida g’olib chiqdi.)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *