Shahzoda qaynoq o'ntalikda…
Rossiyaning Golden Palace klubida MuzTVning har yilgi «Qaynoq o'ntalik» loyihasini suratga tushirish ishlari kuni kecha yakunlandi. Unda o'zining serqirraligini namoyon qilishdan charchamaydigan betakror Shahzoda ham qatnashdi.
Doimgidek «Qaynoq o'ntalik» loyihasida rossiyaning barcha eng yorqin yulduzlari qatnashdi. Jumladan Vera Brejneva, Ani Lorak, Dima Bilan, Banderos guruhi va boshqalar. Albatta bu ro'yhat orasida Shahzodaning borligi muxlislarni quvontirsa ajab emas. Shahzoda ushbu loyihada o'zining «Lyublyu tebya» va «Mejdu nebom i zemley» taronalarini kuylab o'tdi. Albatta siz ham Shahzodaning ushbu chiqishini tomosha qilishni istasangiz, kelasi haftadan MuzTVga sozlanishni unutmang.
(Dushanba: 11:50, shanba: 20:35 (Rossiya vaqti bilan) hamda takroriy namoyishlarda)