Shahzoda MuzTV nigohida…
Deyarli barchamizni yulduzlar hayoti va ularning ijod faoliyati qiziqtirishi odatiy holat. Chunki sevimli yulduzimiz yulduz bo'lgunga qadar nima ishlar bilan band bo'lgani va qanday mashaqqatli yo'llarni bosib o'tgani ko'pchiligimizga sir bo'lib qolgan.
Aynan shunday yulduzlar hayotini ochib berishni xush ko'ruvchi Rossiyaning MuzTV kanalidagi «Naprosilis» dasturi ham sizlarga betakror Shahzodaning hayoti haqida so'z yuritadi. Unda siz Shahzoda uyda qanday ishlar bilan mashg'ul bo'lishi va ko'plab bilmagan savollaringizga javob olishingiz mumkin. Dasturni 27-noyabr, 16-45 da (rossiya vaqti bilan) MuzTV kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin. Mabodo ko'rsatuvni ko'rishga ulgurmasangiz, takroran aynan MuzTV orqali 28-noyabr soat 10:30 va 30-noyabr 10:15 da tomosha qilishingiz mumkin.