Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Apr, 2010

Shahzoda Muz-TV taqdirlash marosimida ishtirok etadi!

Muz TVYozning eng qaynoq voqeasiga oz qoldi, deb Rossiyada bong urilayapti. 11 iyun kuni «Olimpiyskiy» sport majmuasida har yili o'tkaziladigan musiqiy yo'nalishdagi VIII milliy televizion taqdimot marosimi bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda Shahzoda ham ishtirok etadi.

Ushbu kunda maxsus tayyorlangan gilam yo'lakdan shou-biznesning eng yorqin namoyondalari o'tadi. Kimlargadir esa mana shu konsert dasturida muxlislar uchun qo'shiq ijro etish vazifasi topshiriladi. Mana shu yulduzlarning biri Shahzoda bo'ladi. DJ Smash bilan duet tarzida ijro etilgan «Mejdu nebom i zemley» taronasi muxlislar va «Muz-TV» tomoshabinlarini e'tiboridan chetda qolmadi. Shunday ajoyib shou-dastur oldidan Shahzoda va DJ Smashga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

Shuningdek, Shahzoda ijodiga oid yana bir yangilikni sizga ma'lum qilamiz. Xabaringiz bor Shahzoda «Lyublyu tebya» nomli qo'shig'iga klip suratga olish ishlari bilan ovora. Mana shu klip uchun tryuklar ustida kechgan mashg'ulotlarning videosini e'tiboringizga tortiq etamiz. Marhamat, bu yerda videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Muz TV


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *