Shahzoda MTVning «Russkaya desyatka»sida!
Rus estradasiga endi-endi qadam quyib kelayotgan maftunkor Shahzodaning «Lyublyu tebya» taronasiga bir necha hafta oldin klip ishlangan edi. Buni qarangki, ushbu tarona shu kunlarda Rossiyadagi MuzTVning «Russkaya chart» va MTVning «Russkaya desyatka» ko'rsatuvlarining hit-paradida ishtirok etadi!
Agarda kimda-kim Shahzodaning «Lyublyu tebya» taronasi «Russkaya chart» va «Ruskaya desyatka» hit-paradlarida yuqori o’rinlarni zabt etishini hohlasa, xonandaning shaxsiy sayti, www.shakhzoda.ru ga kirib bemalol ovoz berishlari mumkin.