Shahzoda «Kulinarniy praktikum» jurnalida!
Betakror Shahzoda so'nggi paytlarda rus shou-biznesida ham o'z o'rnini topib borayotgani hech kimga sir emas. Estradamiz olamida ko'plab muxlislariga ega Shahzoda Rossiyaning «Kulinarniy praktikum» jurnalida sevimli taomi bilan mehmoni bo'ldi.
Ushbu jurnalning maxsus sahifasi bor. Unda mashhur insonlar o'zlarining sevimli taomining retsepi hamda tayyorlanish jarayoni bilan mehmon bo'lishadi. Sevimli xonandamiz hamma qatori «Kulinarniy praktikum»ning 8 avgustdagi sonida yoqimli taomi bilan mehmon bo'ldi. Quyida siz jurnalning ustki va Shahzoda mehmon bo'lgan sahifalarini ko'rishingiz mumkin.