Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzoda konsertining uchinchi kunidan fotoreportaj!
4 May, 2013

Shahzoda konsertining uchinchi kunidan fotoreportaj!

Shahzoda 2013 konsertKecha 3 may kuni SB.uz portali ijodiy jamoasi shu kunlarda «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tayotgan Shahzodaning yakkaxon konsert dasturining 3-kuniga ham tashrif buyurdi. Ushbu konsert dasturining birinchi kunidan ham fotoreportaj tayyorlab, internet tarmog’ida eng birinchi bo’lib siz azizlarga taqdim etgan edik. Mana 3-kun fotoreportajini ham qabul qiling.

Maftunkor Shahzodaning 7 kunga mo’ljallangan yakkaxon konsert dasturining deyarli teng yarmi o’tib bo’ldi. Har kuni Shahzodaning konsert dasturida estradamiz yulduzlari tomoshabin sifatida mehmon bo’lib ketishmoqda. Birinchi kun Kaniza, Shahnoz, Anora (Lolaning singlisi), Nigina Nabieva kabi mashhur shaxslarga ko’zimiz tushgan bo’lsa, ikkinchi kuni Ulug’bek Rahmatullaev, Ziyoda, Manzura tashrif buyurganidan xabar topdik. Konsertning kecha bo’lib o’tgan kunida esa yangi «Setora», Mavluda Asalxo’jaeva, Guli Asalxo’jaeva, Yodgor Nosirov, Yakzon, rahmatli Mo’min Oripovning ayoli Kamola va Bilolxo’ja konsertning tomoshabin-mehmonlariga aylanishdi. Balki biz ko’rmay qolgan mashhur shaxslar ham konsert dasturiga tashrif buyurishgandir. Har kungi kabi kechagi kun konsert dasturi ham chiroyli va ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Shahzodaning fan-klub a’zolari konsertning birinchi kunida bir chetda bilinib-bilinmay turishgan edi. Biroq, 3 kunida anchagina faollashib qolishganligini sezdik. Har holda sevimli yulduzlarini aynan mana shu fan-klub a’zolari ko’proq qo’llab turishsa maqsadga muvofiq bo’ladi, deb o’ylaymiz. Keling bugun ham maqolani uzundan-uzoq qilib yozmasdan yaxshisi fotosuratlarga navbat bersak. «NVS» studiyasi tomonidan SB.uz portali uchun maxsus suratga olingan fotosuratlar quyida siz azizlarga taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 2 820 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *