Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzoda konsertining birinchi kuni bo’lib o’tdi!
1 May, 2013

Shahzoda konsertining birinchi kuni bo’lib o’tdi!

Shahzoda 2013 konsertBugun 2013 yil 1 may soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida Shahzodaning 2013 yilgi yakkaxon konsert dasturining birinchi kuni bo’lib o’tdi. Konsert dasturidan eksklyuziv fotoreportajni esa biz SB.uz portali ijodiy jamoasi aziz muxlislarga taqdim etishiga tayyormiz. Eksklyuziv fotosuratlarni tomosha qilishga tayyormisiz?

Shahzodaning ashaddiy muxlislari juda ham ko’plab topiladi. Ammo, ularning har biri ham Shahzodaning yakkaxon konsert dasturiga tashrif buyurishga imkon topa olmaydilar. Shunday ekan, biz SB.uz portali jamoasi sizlarga konsert zavqini tuyish uchun fotoreportajni taqdim etamiz. Konsert dasturi ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Shahzoda o’zining hit taronalari hamda yangi hali hech kim tinglab ulgurmagan qo’shiqlarini konsert dasturida ijro etib berdi. Ko’pchilik konsertga tashrif buyurganlar Shahzodadan qandaydir raqslarni yoki bo’lmasa avvalgi yilgisi kabi parvozlarni kutishgan bo’lishsa ajab emas. Biroq, ayni damda Shahzoda homilador ekanligi sababli katta kuch talab etadigan va homilaga zarar keltirishi mumkin bo’lgan hatti-harakatlardan chetlab o’tishga qaror qildi. Albatta, bu to’g'ri qaror. Konsert dasturida sahnaga o’rnatilgan katta monitorlar yordamida taqdim etilgan ajoyib videoroliklar shaxsan meni e’tiborimni tortdi. Qiziqarli videolar ketma-ketligi konsert zalga bir dengiz bo’yini olib kirsa, yana bir osmonu falakda uchib yurgandek his etish imkoniyatini berdi. Konsert davomida Shahzoda Shohruhxon bilan «Shoshma» nomli duetini ijro etdi. 2 soatga yaqin o’tgan konsert dasturi so’ngida Halima sahnaga kelin libosida yugurib chiqib, qo’lidagi bir dasta gulni zalda o’tirgan muxlislar tomon uloqtirdi. Bu holatga tayyor bo’lmagan muxlislar shoshib qolishdi. Konsert jarayonidan SB.uz portali uchun eksklyuziv fotosuratlarni tasvirga tushirgan «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaevga minnatdorchilik bildiramiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 232 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *