Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzoda konsert oldidan osh berdi…
30 Apr, 2013

Shahzoda konsert oldidan osh berdi…

Shahzoda xudoyiBugun 2013 yil 30 aprel soat 13:00da «Istiqlol» san’at saroyida Shahzodaning 1-7 may kunlari taqdim etilishi kerak bo’lgan navbatdagi yakkaxon konsert dasturining yakuniy tayyorgarlik jarayoni bo’lishi kerak edi. Biz shu sababda «Istiqlol» saroyiga tashrif buyurdik. Ammo, bizni u yerda osh kutayotgan ekan…

Qiziq holat, shunday emasmi? Aslida biz boshqa sababdan borgan edik. Shahzoda esa bizni xudoyi ekanligini bildirmasdan taklif qilgan ekan. Shahzoda va uning jamoasi navbatdagi 1 haftalik konsert dasturi oldidan konsert ijodiy jamoasiga, hamda o’z yaqinlariga osh berdi. Konsert oldidan xudoyi qilib, osh berish g’oyasi kimdan chiqqan bo’lsa ham qoyil qolish kerak. Taomlanib bo’lgach, Shahzoda bizni yonimizga kelib, so’nggi tayyorgarlik jarayonlarida fotoreportaj tayyorlamasligimizni so’radi. Zero, sirli konsertdagi sir-sinoatni oldindan biz ham bilmasligimizni istadi chog’i… Mayli, nima bo’lganda ham Shahzodaning ertadan boshlab bo’lib o’tadigan konsert dasturi oldidan unga omad va zafarlar yor bo’lishini tilab qolamiz. Ertaga konsertning birinchi kunidan reportajni kutib qoling.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 623 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *