Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Apr, 2010

Shahzoda kimga to'pponcha o'qtardi?

ShahzodaShou-biznes olamining qirolichasi bo'lmish Shahzoda ijodini Rossiyada davom ettirayotgani barchaga ma'lum. Shu kunlarda xonandaning navbatdagi qo'shig'iga klip olish ishlari yakunlandi. Qo'shiqning nomi «Lyublyu tebya». Ushbu qo'shiqqa ishlanayotgan klip rejessori Rossiyaning taniqli klipmeykeri Pavel Xudyakovdir. U xorijlik mashxur xonandalar Tomas Anders, Snoop Dogg, Busta Rhymeslarning qo'shiqlariga ishlangan kliplar rejissori ham hisoblanadi.

«Lyublyu tebya» taronasi uchun suratga olinayotgan klip operatori Rossiyaning eng nomdor operatorlaridan biri Maksim Osadchiy bo'lib, hozirda u bilan ishlashni orzu qiluvchilar soni ko'plab topiladi. Maksim Osadchiy Fyoder Bondarchukning «9 rota» filmiga operatirlik qilgani ham diqqatga sazovor. Bundan tashqari u Rossiyada 2009 yilning eng yaxshi loyihalari hisoblangan «Obitaemiy ostrov» va «Obitaemiy ostrov: Sxvatka» filmlariga ham operatorlik qilgan. Shahzodaning «Lyublyu tebya» taronasiga klip suratga olish jarayonidan maxsus reportajni tez kunlarda MuzTV, RuTV hamda MTV telekanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin. Klip tez kunlarda portalimizdan ham o'rin olishi ko'zda tutilgan. Hozircha esa klip jarayonidan ayrim fotolavhalarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 99 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *