Shahzoda Dr.Costi bilan duet kuyladi!
O’zbek estradasining maftunkor yulduzi Shahzoda yana xorijiy yulduzlar bilan hamkorligini davom ettirmoqda. Xabaringiz bor Shahzoda shu paytgacha bir qator xorij estradasi yulduzlari bilan birgalikda ijod qilib, duet taronalar kuylagan. Jumladan, Dj.Smash bilan kuylangan duet juda ham ommalashgan edi.
Mana bugun esa Shahzoda yana yangi duet ijro etganligini ma’lum qildi. 2013 yilning boshida Samui orolida dam olish safariga yo’l olgan Shahzoda u yerdan duet kuylab qaytdi. Uning navbatdagi duetdoshi esa xorij estradasida o’z o’rniga ega bo’lgan Dr.Costi. Yangi duet rus tilida ijro etilgan bo’lib, unga klip ham suratga tushirib bo’lindi. Klipdan fotolavhalar esa hoziroq sizning e’tiboringizga havola qilinadi. Qo’shiq nomini so’rasangiz, hozircha ijodkorlar bu borada bir to’xtamga kelishmaganligini aytib o’tishdi. Klipni Ukrainalik taniqli klipmeyker A.Syutkin suratga tushirdi.