Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Okt, 2012

Shahzoda dekabrda ham konsert beradimi?

ShahzodaInternet tarmog'ida Shahzoda «Istiqlol» san'at saroyida dekabr oyida ham konsert berishi haqida ma'lumot tarqaldi. Ammo, bu yolg'on ma'lumot ekanligini Shahzoda bilan bog'lanib bilib oldik. U kelgusi yili bahor faslida yana konsert dasturini Toshkentda taqdim etadi. Bugun Shahzoda yangi ochilgan ijtimoiy tarmoqlardan birida haqiqiy yulduz deb bildiruvchi nishonga ega bo'ldi. Mana shu haqida batafsil ma'lumot beramiz.

Yaqindagina qurib bitqazilgan Markaziy kutubxonada Muloqot.uz sayti, ya'ni ijtimoiy tarmoq Shahzodaga o'z saytini yaqindan tanishtirdi. Mazkur tadbirga Shahzodaning ko'p sonli muxlislari ham to'planib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga 1 soat davomida Shahzodadan javob oldilar. Savollardan biriga Shahzoda shunday javob berdi: «Mening birinchi ismimni ota-onam Zilola deb qo'ygan bo'lsalar, ikkinchi ismimni hozirgi turmush o'rtog'im Shahzoda deb qo'ydilar».  Shuningdek, agarda Shahzodaga yangi filmda hindistonlik Shohruhxon, Ulug'bek Qodirov, mashhur turk aktyorlaridan biri va Bred Pittlardan biri bilan filmda rol ijro etish haqida taklif bilan chiqishsa, u so'zsiz Bred Pittni tanlashini aytdi. «Men, — deydi Shahzoda, — boshqalar singari Bred Pittning chiroyli bo'lganligi uchun emas, uning aktyorlik mahorati yuqori bo'lganligi sababli uni tanlagan bo'lardim. Bred Pittdan aktyorlik borasida ko'p narsa o'rganib olar edim».
Xullas, bir so'z bilan aytganda Muloqot.uz tomonidan tashkil etilgan Shahzoda bilan uchrashuv ko'pchilik muxlislarga iliq taasurotlar qoldirdi. Biz ham SB.uz portali nomidan yosh sayt ijodkorlariga omad tilab qolamiz.

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 171 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *