Shahzoda «Bobojon» deya kuylaydi!
Sevimli yulduzimiz, maftunkor Shahzoda ijod qilishda davom etmoqda va o’zining navbatdagi taronasini yozib tugatdi. Qo’shiq «Bobojon» deb nom oldi. Mazkur qo’shiq ham sizga ma’qul keladi degan umiddamiz.«Bobojon» nomli ushbu qo’shiq Shahzoda ijodida mutlaqo yangicha uslubdagi qo’shiq bo’lishi kutilmoqda. Taronada milliylikka chuqur urg’u berilgan. 22 aprel kuni taronaning ilk taqdimi «O’zbegim taronasi» radiosida bo’lib o’tadi.