Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Okt, 2012

Shahzoda barchani raqsga chorlaydi!!!

Shahzoda - Qo'llar tepagaEstradamizning maftunkor yulduzi Shahzoda haqida qaynoq ma'lumotlarni yetkazishda davom etamiz. Uning har bir ijod namunasi haqidagi ma'lumotlar barcha muxlislarga qiziqarli ekanligi sir emas. Biz shuni inobatga olgan holda Shahzoda haqida ko'proq ma'lumotlar yetkazishga harakat qilamiz. Bugun Shahzodaning «Qo'llar tepaga» nomli qo'shig'iga ishlangan klip haqida ma'lumot beramiz.

«Lyublyu tebya» qo'shig'i orqali barchamizga tanish bo'lgan Kalen Moraru navbatdagi qo'shiqning ham bastakori hisoblanadi. «Qo'llar tepaga» taronasining matni esa «Benom» guruhi xonandasi Komil qalamiga mansub. Mazkur sho'x, raqsga chorlovchi qo'shiqqa esa klipmeyker Yodgor Nosirov tomonidan ajoyib klip ham tasvirga tushirildi. Hozirda montaj ishlari olib borilayotgan klipdan bugun sizlarga fotosuratlar taqdim etamiz.
Klip davomida siz Shahzodani 3 xil libosda ko'rishingiz mumkin. Liboslarning biri «Guli» brendidan milliy libos bo'lsa, qolgan ikkitasi retro hamda zamonaviy ko'rinishda. Klipda siz barchaga o'zining komik obrazlari bilan yaxshi tanish bo'lgan Halimani hamda, Muhammadali Iskandarovni ko'rishingiz mumkin.
Biz o'z o'rnida mazkur klipni suratga olib taqdim etishda o'z mehnatlarini ayamayotgan ijodkorlarga kuch quvvat va kelajakdagi ishlariga omadlar tilab qolamiz. Shahzodadan esa ajoyib kliplarni kutib qolaveramiz.

Shahzoda - Qo'llar tepaga

Shahzoda - Qo'llar tepaga

Shahzoda - Qo'llar tepaga

Shahzoda - Qo'llar tepaga

Shahzoda - Qo'llar tepaga

Shahzoda - Qo'llar tepaga

Shahzoda - Qo'llar tepaga

Shahzoda - Qo'llar tepaga


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 249 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *