Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 May, 2009

Shahzoda 40000 tomoshabinga konsert berdi!

ShahzodaShahzodaning muxlislari diqqatiga bir qator yangiliklar mavjud. Ushbu yangiliklar barchaning e’tiborini o’ziga jalb qilishi ham shubhasiz. Estradamiz mega yulduzi Shahzoda Tojikistonda kuchli yomg’ir ostida 40000 tomoshabin uchun ochiq stadionda o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Konsertdan so’ng esa u shamollab qoldi…

Shunga qaramay Shahzodada Tojikiston yaxshi taasurot qoldira oldi. 40000 tomoshabin stadionni to’ldirganligi, Shahzodaning muxlislari Tojikistonda ham bisyor ekanligidan dalolatdir. Shuningdek, Shahzoda hamda Dj SMASH dueti ham sizning e’tiboringizga tortiq etilishga tayyor. Shahzodaning yaqindagina ochilgan rasmiy saytiga tashrif buyurib, siz qo’shiqni klub variantini ko’chirib olish yo’llanmasiga ega bo’lishingiz mumkin. Eslatib o’tamiz www.shakhzoda.ru manzilida Shahzodaning rasmiy sayti faoliyat ko’rsatmoqda.

Shahzoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 195 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *