Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Fev, 2009

Shahzoda 10 fevral kuni turmushga chiqadi!

Shahzoda (Setora)2009 yilning yulduzli to’ylariga «start» berilish arafasida. Avvalgi yil estradamizning ko’plab vakillari o’z nikoh to’ylarini o’tkazdilar. Xo’sh, bu yil kimlarga navbat keldi ekan? Bu savolga javobni yil davomida bilib borishimiz mumkin bo’ladi. Demak, 10 fevral kuni yulduzli to’ylarga «start» beriladi!

«Setora» guruhi a’zolaridan biri Shahzoda 10 fevral kuni o’z unutilmas kunini nishonlaydi. U turmushga chiqmoqda. Bu yangilik eshitib kimdir hayratga tushishi, kimdir ishonmasligi va yana kimdir hursand bo’lishi tabiiy. Bu yolg’on emas, ayni haqiqat! Biz Shahzodani yaqinlashib kelayotgan eng unutilmas kuni, ya’ni nikoh to’yi munosabati bilan muborakbod etamiz. Bo’lajak turmush o’rtog’i bilan baxtli hayot kechirishlarini hamda shirindan shakar farzandlarning ota-onasi bo’lishlarini tilakdoshi bo’lib qolamiz!

Shahzoda (Setora)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 195 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *